O‘zbekiston | 11:00 / 28.12.2017
10508
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi soliq bo‘yicha bitim kuchga kirdi

Foto: Uzdaily

2017 yilning 5 sentabr kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi hukumati o‘rtasida Soliq qonunchiligiga rioya etish masalalari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim 2017 yil 26 dekabrda kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur hujjat soliq masalalarida hamkorlik qilish va o‘zaro yordam berish hamda tajriba va axborot almashishning samarali mexanizmlarini kengaytirish uchun huquqiy asos yaratishga hamda ikki davlatda soliq qonunchiligi buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan.

Ushbu Bitim doirasida hamkorlik tomonlar davlatlarining soliq idoralari orqali bir-birlariga yordam berish to‘g‘risida so‘rov jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Mavzuga oid