Xiaomi Apple ustidan kulib, iPhone X funksiyasini ko‘chirib oldi
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi iPhone X’ning boshqaruvni imo-ishora yordamida amalga oshirish funksiyasini ko‘chirib oldi. Smartfon bilan o‘zaro harakatning yangi usuli MIUI 9 proshivkasining beta-nusxasida mavjud, deb yozmoqda Phonearena nashri.
Tizimning sinov versiyasida imo-ishoralar Mi Mix va Redmi 5 seriyali qurilmalarda bor. Masalan, ilovani yopish uchun barmoq bilan ekranning pastki chegarasidan yuqoriga qarab yuritish kerak. Ko‘p vazifalikni chaqirish uchun esa ekran pastiga tegish lozim, biroq barmoqni bir soniyaga ushlab turish talab etiladi.
Foydalanuvchilar dasturlarga tezlik bilan kirishlari ham mumkin, bu ekran markaziga chapdan yoki o‘ngdan ishora qilish bilan amalga oshadi. iPhone X’da ham xuddi shunday boshqaruv ishoralari qo‘llaniladi, sababi smartfon Home tugmachasini yo‘qotdi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr boshida, Mi Mix 2 taqdimoti vaqtida Xiaomi Janubiy Koreyaning Samsung va Amerikaning Apple kompaniyasi ustidan kulgandi. Xitoy kompaniyasi slaydlardan birida smartfonlarni foydalanuvchilar yuzi ko‘rinishida tasvirladi, undagi sochlar va soqol esa displey atrofidagi ramkalarni bildirgan.
Mavzuga oid
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024