18:40 / 29.12.2017
11917

28 dekabr kuni Toshkentda qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari

Foto: KUN.UZ

2017 yilning 28 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan tadbir davomida yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 1923 ta qoidabuzarliklar aniqlandi.

Shulardan:

- mast holatda transport vositasini boshqarish – 17 ta;
- transport vositalarini hujjatsiz boshqarish – 5 ta;
- svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik – 8 ta;
- harakat davomida uyali telefondan foydalanish – 26 ta;
- odam tashishi qoidalarini buzish – 210 ta;
- tezlikni belgilangan me'yoridan oshirish – 70 ta;
- bo‘ysunmaslik - 3;
- xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik – 767 ta.

Jami 43 ta transport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Top