14:11 / 29.12.2017
9957

Diktator Fransisko Frankoning yagona qizi vafot etdi

Foto: El Mundo

Ispaniyalik diktator Fransisko Frankoning (1892-1975) yagona qizi Mariya del Karmen Franko Polo Madridda 92 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda ABC gazetasi juma kuni xabar tarqatgan.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, ayolda bir necha oy muqaddam saraton aniqlangan. U Ispaniya poytaxtidagi o‘z uyida, oila a'zolari qurshovida hayotdan ko‘z yumdi. 

Frankoning qizi Ovedoda 1926 yilda tavallud topgan. Diktator 1975 yilda hayotdan ko‘z yumgach, Ispaniya qiroli Xuan Karlos I unga hertsoginya de Franko unvonini bergan. Ayol so‘nggi yillarda Madridda yashab kelayotgandi. Uning to‘rt nafar farzandi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top