Isroil va AQSh Eronni «bosib turish» bo‘yicha maxfiy bitim imzoladi – OAV

Foto: Fotolia
Isroil va AQSh Oq uydagi maxfiy uchrashuv davomida Eronni «bosib turish» bo‘yicha qo‘shma strategik dasturni ishlab chiqdi. Bu haqda Isroilning O‘ninchi telekanali xabar bergan.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, 12 noyabr kuni AQShga mudofaa sohasiga tegishli bo‘lgan isroillik amaldorlar delegatsiyasi milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Meir Ben-Shabbot boshchiligida kelgan. Isroilliklar tashrif chog‘ida AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi rahbarligidagi amerikalik hamkasblari bilan uchrashishgan.
Amerika hukumatidagi manba so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Isroil ikki kunlik muzokaralar yakunida «Eron masalasi bo‘yicha o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum»ni imzolagan. Hujjat Eron yadro va ballistik dasturlari, shuningdek mintaqaga qurol-yarog‘ yetkazib berishga aloqador bog‘liq muhim masalalar bilan shug‘ullanuvchi to‘rtta ishchi guruhi tashkil etishni nazarda tutadi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi ishchi guruh «Eron yadro dasturini bekor qilish bo‘yicha maxfiy va diplomatik ish» bilan shug‘ullanadi. Ikkinchi guruhning maqsadi «Eronning mintaqada, xususan, Suriya va Livandagi ta'sirini kamaytirish» bo‘ladi. Uchinchi guruh vazifalari orasida «Eron ballistik dasturini bosib turish» va «Xezbollaxga Eron raketalarini yetkazib berish harakatlarini cheklash» bor. To‘rtinchi guruh esa «mintaqadagi keskinlikning oshishi» bilan ishlaydi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namangan shahar hokimi bilan radarlar masalasida “o‘chakishgan” podpolkovnik boshqa ishga o‘tkazildi
O‘zbekiston | 18:39
-
Rossiya qurilish sohasida mehnat qilayotgan migrantlar soni 500 mingga tushib qoldi
Jahon | 18:26
-
Yevropa Ittifoqining navbatdagi sanksiyalar paketiga O‘zbekiston kompaniyalari kiritilishi mumkin – OAV
Jahon | 18:22
-
Rossiyada migrant bolalarning 81 foizi rus tili imtihoniga kiritilmadi
Jahon | 17:58
Mavzuga oid

17:52
Tramp yana Saudiyada. U Netanyahudan yuz o‘girdimi?

17:17
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi

15:57
G‘azoda shifoxonaga zarba oqibatida o‘nlab qurbonlar borligi aytilmoqda

15:03