Janubiy Koreyaning eng yirik ikkita avtomobilsozlik konserni Hyundai va Kia avtomobillari 2019 yildan boşlab sun'iy ong negizida yaratilgan virtual yordamçi – AI-assistent bilan jihozlanadi. Bu tizim haydovçilar va yölovçilarga turli vaziyatlarda yordam beradi va ularning safarlarini maksimal qulay va ortiqça harakatlardan xoli qiladi.

Yordamçi, misol uçun, SoundHound servisi yordamida radioda qanday qöşiq yangrayotganini aniqlab, uni ayta olişi mumkin. U haydovçi ayni vaqtda qayerga yönalayotganini aniqlaşga urinib, voqealarni oldindan baholaşga harakat qiladi va agar uning “öylari” töğri çiqsa, unda yakuniy manzilgaça yölni özi tuzib çiqadi. Tizim bunda avtomobil egasining taqvimidagi yozuvlari, odatlari va turmuşining öziga xos jihatlari, kunning qismiga tayanadi. 

Virtual yordamçi yölovçilarga ob-havo haqida ma'lumot beradi, dunyo va mahalliy yangiliklar içidan eng qiziqlarini tanlab, ularni qisqa va tuşunarli şaklda sözlay oladi. Tizim, şubhasiz, odamlar bilan Google, Siri, Alexa yordamçilari kabi ovozli buyruqlar yordamida muloqot qila oladi. Bu tizim ommaga 2018 yil boşida boşlanadigan CES körgazmasi doirasida namoyiş qilinadi.