Rossiya poytaxti Moskva shahri shimoli-g‘arbidagi "Sxodnenskaya" metrosi yonidagi jamoat transporti bekatiga yo‘nalishli avtobus kelib urildi.

Bu haqda RIA Novosti Moskva shahri tezkor xizmatlaridagi manbaga tayangan holda xabar berdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasining tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.