Toşkent şahar prokuraturasi KUN.UZ tahririyatining oliy ta'lim maskanlariga davlat test imtihonlari ötkazilişida qonunbuzarliklar yöl qöyilgani yoki yöqligini aniqlaş böyiça taqdimnomasiga javob berdi.
Ma'lumki, tahririyat muxbiri internet saytida e'lon qilingan test natijalariga doir suriştiruv natijalarini şu yilning 19 oktabrida şahar prokuraturasi rasmiy vakiliga taqdim etgan edi. 28 dekabr kuni Toşkent ŞIIBBda bölib ötgan matbuot brifingida ayni taqdimnomani örganiş böyiça bayonot berildi.
Toşkent şahar prokuraturasi rasmiy vakili Bobir Dehqonovning sözlariga köra, prokuratura organlari KUN.UZ saytida e'lon qilingan maqolalarni çuqur örganib, tegişli suriştiruv işlarini olib borib, davlat test imtihonlarida qoidabuzarliklarga yöl qöyilmagan, degan xulosaga kelgan.
“Siz taqdim etgan barça hujjatlar tegişli tarmoqqa topşirilgan, prokuraturaning tegişli idoralari tomonidan, mutaxassislarni jalb qilgan holda töliq örganib çiqildi. Fuqarolar, hujjatda körsatilgan OTM yoki ta'lim yönalişlari böyiça fuqarolardan tuşgan murojaatlar asosida barça hujjatlar qabul qilingan va daxldor mansabdor şaxslar bilan suhbatlar uyuştirilgan.
Töplangan hujjatlar va ma'lumotlarga köra, test sinovlari davomida qonun buziş holatlari aniqlanmagan. Jumladan, fuqarolar e'tirozlariga sabab bölgan tartibbuzarliklar, javoblar varaqalari böyiça yonma-yon ötirişlar, bir-biriga yordam beriş, taqiqlangan vositalardan foydalaniş, test materiallarining auditoriyadan çiqiş holatlari kuzatilmagan.
Şu bilan birga, Davlat test markaziga muhrlangan holatda olib kelingan javob varaqalari böyiça yopiq rejim – maxsus nazoratda tekşirilgan va şunday tartibda qabul komissiyalariga taqdim qilingan”, - dedi Toşkent şahar prokuraturasi rasmiy vakili.













