Jahon | 11:13 / 29.12.2017
12095
1 daqiqa o‘qiladi

Sayyoramiz aholisi soni 1 yanvarda deyarli 7,445 milliardga yetishi kutilmoqda

Foto: Global Look Press

Sayyoramiz aholisi soni 2018 yil 1 yanvarda 7 444 443 881 kishiga yetishi prognoz qilinmoqda.  Bu haqda AQShning aholini ro‘yxatga olish byurosi mutaxassislari ma'lum qilishdi.

“2018 yil yanvarda har soniyada 4,3 bola dunyoga keladi, 1,8 kishi vafot etadi”, deb aytilgan xabarda.

Olimlarning eslatib o‘tishicha, sayyoramiz aholisi 7 mlrd.ga 2011 yilda yetgan va prognozlarga ko‘ra, 2050 yilga kelib 9 mlrd kishini tashkil qiladi.

21 noyabrda Xitoy aholisi 1,399 mlrd kishini tashkil qilgani ma'lum qilingandi. Bunday ma'lumotni Xitoy jamoatchilik xavfsizligi vazirligi keltirib o‘tgan. 

Xitoy yaqin uch yilda aholisi soni 20 mln kishiga ko‘payib, 2020 yilda taxminan 1,42 mlrd.ga yetishini prognoz qilmoqda. 

Eng ko‘p aholiga ega ikkinchi davlat Hindiston (1,35 mlrd ga yaqin) bo‘lmoqda, 3-o‘rinni esa AQSh (326,6 mln) egallamoqda.

Mavzuga oid