Kun.uz tahririyatiga öqituvçi muştariylardan biri savol yubordi. Unda ta'lim muassasalarida öqituvçilarning tungi navbatçilik qilişi töğrisida qonunçiligimizda nima deyilgani, tungi navbatçilikda qolgan öqituvçilarning qanday huquqlari borligi haqida söralgan. Ularga haq tölanadimi?
Bayramlar arafasida köplab korxona va taşkilotlarda kunduzgi yoki tungi navbatçiliklar taşkil qiliş yölga qöyilgan. Bundan közlangan maqsad jamoat xavfsizligini saqlaş, yuzaga kelişi mumkin bölgan turli köngilsizliklarning oldini oliş, öz vaqtida bartaraf etiş, şuningdek, bu haqda vakolatli idoralarga tezkorlik bilan xabar beriş va h.k.
Şu örinda yuqoridagi pedagog kabi köpçilikda aynan navbatçilik böyiça savollar tuğiladi. Şunday savollarga qonun doirasida atrofliça javob berişga harakat qilamiz. E'tibor berişingizni istar edik: quyida aks etgan qonun normalari nafaqat öqituvçilar, balki barça xodimlar uçun taalluqlidir.
Navbatçilik iş vaqtidan taşqari işmi?
Mehnat kodeksining 124-moddasiga köra, xodim uçun belgilangan kundalik iş (smena) muddatidan taşqari işlaş - iş vaqtidan taşqari iş, deb hisoblanadi. Iş vaqtidan taşqari işlarga jalb etişga faqat xodimning roziligi bilangina yöl qöyiladi.
Işlab çiqariş zaruriyatiga köra, xodimlarni tungi navbatçilikka jalb etişni iş vaqtidan taşqari iş, deb hisoblaş maqsadga muvofiq böladi.
Tunggi navbatçilikka (iş vaqtidan taşqari işga) jalb etilgan xodimga qanday tartibda haq tölanadi?
Mehnat kodeksining 157-moddasiga köra iş vaqtidan taşqari işlar uçun kamida ikki hissa miqdorida haq tölanadi.
Yana şunday qoida ham borki, xodimning iltimosiga binoan iş vaqtidan taşqari iş uçun belgilangan iş vaqtidan taşqari bajarilgan iş soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berilişi ham mumkin. Iş vaqtidan taşqari bajarilgan iş uçun boşqa dam oliş kuni berilgan taqdirda, bunday işlar uçun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi tölanişi lozim.
Masalan: ta'lim muassasasi pedagog xodimi 28 noyabrdan 29 noyabrga ötar keçasi – soat 22-00 dan 6-00 ga qadar navbatçilikda böldi. Şu xodimning aytaylik 11 dekabr kuni özining asosiy işi vaqtida oilaviy tadbiri bor. Mana şu holatda xodimning xohişi bilan ötagan tungi navbatçiligi vaqti hisobidan 11 dekabr kuni iş haqi saqlangan holda işdan ozod etilişi mumkin. Va bu holatda xodimga 28 noyabrdagi tungi navbatçiligi uçun 1 hissa iş haqi tölanadi. Agar u otgul olişni istamasa, unda navbatçiligi uçun kamida 2 hissa haq tölanişi şart.

















