«O‘zbekiston havo yo‘llari» bayram kunlari chegirmalar haqida ma'lum qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan bayram (ishlanmaydigan) kunlarning uzaytirilganligini hisobga olgan holda respublika aholisi uchun ichki turizm marshrutlarini shakllantirish va dam olish kunlaridan samarali foydalanishni tashkil qilish hamda mehmonxona va transport xizmatlariga chegirmalar va aksiyalar tizimini joriy qilish ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK axborot xizmati.
Qayd etilishicha, farmonni bajarish maqsadida «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi bayram kunlarida, ya'ni 2017 yilning 30 dekabridan 2018 yilning 3 yanvariga qadar o‘zbekistonliklar mamlakat bo‘ylab sayohat qilishlari, Buyuk Ipak yo‘li shaharlaridagi tarixiy-madaniy obidalarga tashrif buyurish imkoniyatidan foydalana olishlari uchun mahalliy yo‘nalishlarda 50 %gacha chegirmalarni kiritadi.
O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi tomonidan MAKning respublika ichidagi barcha qatnovlariga yangi yil bayrami kunlarida, ya'ni 2017 yilning 30 dekabridan 2018 yilning 3 yanvariga qadar quyidagi chegirmalar ishlab chiqildi:
• 40% – sayyohlik guruhlari uchun (5 va undan ortiq kishi), 6 dan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar; litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun;
• 50% – oilalar uchun (2 va undan ortiq kishi), bolalari bilan uchadigan ota-onalar uchun.
Mavzuga oid
00:26 / 24.09.2024
Avstraliyada yolg‘on chegirmalar e’lon qilgan supermarketlar sudga berildi
10:51 / 12.12.2023
Chiptalar deyarli sotib bo‘lingandan so‘ng talabalarga poyezd uchun 50 foizli chegirma e’lon qilindi
09:59 / 19.04.2023
Ma’muriy jarimalar 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz chegirma qo‘llanadi
12:15 / 23.03.2023