«O‘zbekiston temir yo‘llari» mahalliy yo‘nalishlardagi qo‘shimcha reyslar haqida e'lon qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo‘lovchilar uchun bir qator qulayliklar yaratildi, deb xabar bermoqda aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati.
Unga ko‘ra, fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanishi shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida 2017 yilning 30, 31 dekabr hamda 2018 yilning 1, 2, 3, 4 yanvar kunlari mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarda oilaviy, jamoa, talabalar, o‘quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo‘l chiptasining tarif qismidan 50 foizgacha chegirma joriy qilindi.
Bundan tashqari, ushbu kunlarda poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilib, qo‘shimcha 24 ta poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shundan 10 tasi «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdidir.
Jumladan, 2017 yil 30 dekabr kuni:
1. №560 sonli «Toshkent –Andijon» poyezdi
2. №764 sonli «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi
3. №556 sonli «Toshkent-Urganch» poyezdi
4. №552 sonli «Toshkent-Buxoro» poyezdi
5. №763 sonli «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi
2017 yil 31 dekabr kuni
1. №764 sonli «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi
2. №559 sonli «Andijon-Urganch» poyezdi
3. №763 sonli «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi
4. №555 sonli «Urganch-Toshkent» poyezdi
5. №551 sonli «Buxoro-Toshkent» poyezdi
2018 yil 1 yanvar kuni
1. №560 sonli «Toshkent –Andijon» poyezdi
2. №764 sonli «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi
3. №556 sonli «Toshkent-Urganch» poyezdi
4. №552 sonli «Toshkent-Buxoro» poyezdi
5. №763 sonli «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi
2018 yil 2 yanvar kuni
1. №764 sonli «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi
2. №559 sonli «Andijon-Urganch» poyezdi
3. №763 sonli «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi
4. №555 sonli «Urganch-Toshkent» poyezdi
5. №551 sonli «Buxoro-Toshkent» poyezdi
2018 yil 3 yanvar kuni:
1. №764 sonli «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi
2. №556 sonli «Toshkent-Urganch» poyezdi
3.№763 sonli «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi
2018 yil 4 yanvar kuni
1. №555 sonli «Urganch-Toshkent» poyezdi
Mavzuga oid
09:20 / 07.10.2024
Eron havo hududini yana 9 soatga yopdi
13:26 / 11.01.2024
Toshkent – Istanbul reysi Anqaraga qo‘nishga majbur bo‘ldi
07:35 / 23.12.2023
Farg‘ona vodiysidagi ob-havo sharoiti tufayli qator reyslar Toshkentga ko‘chirildi
13:54 / 08.12.2023