Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1004-son «Suv xo‘jaligi obektlari bo‘ylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz. 
 
Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytda mamlakatda suv xo‘jaligi obektlarini reabilitatsiya qilish, boshqarishni yaxshilash va ta'mirlash bo‘yicha 6 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
 
Mazkur loyihalarni va kelgusida ehtimoliy boshqa loyihalarni amalga oshirish doirasida Sug‘oriladigan yerlarning shamol eroziyasiga va suv xo‘jaligi obektlarini qum bosishiga qarshi kurashish, qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obektlari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish amaliy chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi.
 
Rejani moliyalashtirish respublika byudjyeti, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tejalgan xorijiy investitsiyalar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
 
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan kreditlarni Rejada belgilangan maqsadlar uchun yo‘naltirish yuzasidan xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazadi.
 
Rejada ko‘zda tutilgan ishlarning buyurtmachilari etib Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli “Suv qurilish invest” DUK belgilandi. Yana quyidagilar aniqlandi va belgilandi:

• bosh loyihachi tashkilotlar — eng yaxshi takliflarni tanlash asosida, tanlov savdolari o‘tkazmasdan;
• bosh pudratchi tashkilotlar — qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov savdolari natijalari bo‘yicha.
 
Rejani bajarish ishlariga ko‘plab vazirliklar va xizmatlar jalb etiladi:

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda — tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida yer uchastkalari ajratilishini ta'minlaydilar;