20:00 / 30.12.2017
26266

AQSh telekanalining jonli efirida “tirannozavr”lar ko‘rinish berdi (video)

AQShning MSNBC telekanali jonli efirida tirannozavr kiyimida uch kishi paydo bo‘lgani Twitter foydalanuvchilarini zavqlantirdi.

Efirning videosi telekanalning tvitterdagi rasmiy kanalida joylashtirilgan. “Xeyli Jyekson ishtirokidagi jonli efirga uchta tirannozavr yopirilib kirgan payt”, deb izoh berilgan videoga.

Videoda kanalning Oq uydagi muxbiri Xeyli Jyekson mutaxassis bilan soliq islohotini muhokama qilayotganini ko‘rish mumkin. Shu payt mutaxassisning ortida tirannozavr kiyimida 3 kishi paydo bo‘lib, bir-birlari bilan go‘yoki kurashayotgandek bo‘lishadi. Bu holatga na muxbir, na mutaxassis e'tibor bergan. 

Tvitter foydalanuvchilarida bu holat zavq uyg‘otgan.  

“Buni ko‘rib, kulgidan o‘zimni tiya olmayapman”, deb yozgan Jina Di.

“Tarixda yangiliklardagi eng yaxshi fon”, deb izoh bergan rolikka Tomas Xolbruk.

“Xeyli Jyekson Yura davri bog‘idan jonli efir olib bormoqda”, deb yozgan yana bir foydalanuvchi.

Muxbirning o‘zi esa ushbu holatga keyinroq “Yaxshiyam, timsohlar emas ekan”, deb izoh bergan.

Aniqlanishicha, ushbu “sahna”ni 4 kishi hazil tariqasida ataylab uyushtirgan. Ulardan 3 nafari dinozavr kiyimida bo‘lgan, yana bir kishi MSNBC kanalini telefonda tomosha qilib, sheriklariga ko‘rsatma berib turgan.

Mavzuga oid
Top