10:52 / 30.12.2017
9354

Xitoyda yana inqilob - Pekin metrosida avtomatlashtirilgan poyezdlar ishga tushdi

Pekin metropolitenining butunlay avtomatlashtirilgan boshqaruvchisiz poyezdlarining ilk tarmog‘i shanba kuni rasman ishga tushirildi. Bu haqda XXR Markaziy televideniyesi xabar bermoqda.

Xitoy poytaxti metrosining yangi yo‘nalishi - "Yanfan" umumiy hisobda 14,4 kilometrlik uzunlikka ega va Pekinning chekka hududlarini Fanshan tumani bilan bog‘lab turadi.

Yangi yo‘nalishda hammasi bo‘lib to‘qqizta bekat bor. Poyezdlar tezlikni soatiga 80 kilometrga qadar oshirishi mumkin.

 

Top