Islom Karimov fondi Özbekiston birinçi prezidentining oilasiga aloqador yangi fotosuratni e'lon qildi. Şuningdek, bu borada qator ma'lumotlar berilgan. Bu haqda jamğarmaning “Feysbuk”dagi sahifasida xabar qilindi.
Karimovlarning uşbu oilaviy fotosurati 1928 yilda, ya'ni Islom Karimov tavalludidan 10 yil avval olingan. Suratda u kişining ota-onalari Abduğani ota (1894 yilda tuğilgan) va Sanobar aya (1902 yilda tuğilgan) hamda opa-akalari Mehriniso (1920 yilda tuğilgan), Amonullo (1922 yilda tuğilgan), Ibodullo (1926 yilda tuğilgan) aks etgan.

Qayd etilişiça, oilada sakkiz farzand ösib ulğayadi: bir qiz – Mehriniso va yetti aka-uka: Amonullo, Ibodullo, Arslon, Quddus, Ikrom, Islom, Xurşid.
“Xizmatçi bölib işlagan Abduğani bobo vazminfe'l, öziga ham, boşqalarga ham qattiqqöl, talabçan edilar. Avvalo özi qat'iy intizom va tartib-qoidaga rioya etgan ota farzandlaridan ham şuni talab qilar edi. Mahalla-köyning ehtiromini qozongan edilar.
Sanobar aya esa uy bekasi edilar. U kişi nasl-nasabli oilada tavallud topgan bölib, padari buzrukvorlari mulla-şarif, ya'ni öz davrining mö'tabar ulamolaridan edi. Bilimga çanqoqlik, kuçli xotira, zukkolik va sabr-toqat kabi fazilatlar butun umr Sanobar ayaga yöldoş böldi. Munis onaizor öz hayotini oila va xonadon saodatiga bağişladi.
Karimovlar oilasida barça öğil farzandlar oliy ma'lumot oldi, ulardan uç nafari maktabni oltin medalga bitirdi, uç nafari fan nomzodi böldi – Ibod Ğaniyeviç, Quddus Ğaniyeviç va Islom Abduğaniyeviç. Bu öşa davr uçun ham, bugungi kun uçun ham kamyob hodisadir. Keyinroq Islom Karimov akademik darajasini oldi.
Barça aka-ukalar juda kuçli xotiraga ega edilar. Bu qondan qonga ötib kelgan fazilat bölsa ne ajab. Aka-ukalar özaro musobaqalar ötkazişar edi, masalan, biror matn öqilib, uni yoddan aytib beriş borasida bellaşilar edi. Keyinroq aka-ukalardan biri oliy öquv yurti öqituvçisi, biri sudya, boşqalari xizmatçi, olim va… Prezident böldi.
Ziyoli bu oilada öğillarning munosib ta'lim olişiga birlamçi vazifa sifatida e'tibor qaratilgan edi. Vaqtning özi bu hayotiy tutum qançalar töğri bölganini körsatdi”, - deyiladi jamğarma xabarida.







