20:10 / 30.12.2017
11782

Olmaliq shahrida harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi “Metallurg” stadionida Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan aholi va yoshlar uchun “Armiya va yoshlar” deb nomlangan harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.

Festivalda mamlakatimiz aholisi, ayniqsa yoshlar uchun zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi, harbiy ta'minot masalalari, shuningdek  harbiy orkestr, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli va estradamiz yulduzlarining konsert dasturi, harbiy xizmatchilarning qurol bilan saf hamda qo‘l jangi elementlari chiqishlari, shuningdek, Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining texnik vositalari namoyish etildi. Shuningdek, Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘shinlariga qarashli to‘qqizta vertolyotning namoyishkorona uchib o‘tishi ko‘rsatilib, yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 26 yilligini munosib kutib olishga tayyor ekanini isbotlashdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Festivalda zamonaviy aloqa vositalari va ularda ishlash, dala sharoitida ovqat tayyorlash, tibbiy xizmat, kiyim-kechak xizmati, harbiy xizmatchilarning ekipirovkasi, dala oshxonasida ishtirokchilarga issiq issiq choy tarqatilishi, harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qurol bilan ko‘rgazmali saf mashqlari va qo‘l jangi bo‘yicha namoyish, shu bilan birga, harbiy savdo tashkiloti tomonidan  yarmarka savdolarini tashkil etilishi kabi tadbirlar o‘rin olgan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ko‘pdan-ko‘p qiziqarli, rang-barang va yorqin taassurotlarga boy bo‘lgan namoyish xalqimiz aholisi, ayniqsa yoshlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 

Festivalda 50 dan ziyod zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari, 300 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar hamda 6 mingga yaqin aholi ishtirok etdi.

Mavzuga oid
Top