15:41 / 30.12.2017
20246

Peterburgdagi portlashda jabrlangan O‘zbekiston fuqarosining ahvoli haqida ma'lumot berildi

Foto: RBK

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning 27 dekabr kuni «Perekrestok» do‘konida (Sankt-Peterburg shahri) sodir etilgan portlash oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarosi Hazratkul Alikulovning (ismi aniqlashtirildi) holati muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotidan so‘ng barqaror. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Aleksandrovskiy” nomli 17-son shahar kasalxonasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti natijasida uning tanasiga jarohat yetkazgan jism olib tashlandi.

Ta'kidlanishicha, TIV Konsullik boshqarmasi va O‘zbekistonning Rossiyadagi konsulligi xodimlari Sankt-Peterburg shahri rasmiylari bilan doimiy aloqada bo‘lib, terakt oqibatida jabrlanganga tegishli qoplovlar berish bo‘yicha choralar ko‘rdilar.

Top