22:10 / 30.12.2017
18895

Jangarilar obektiga aviabomba bilan zarba berilishi videosi namoyish qilindi

Foto: Skrinshot

Internetda Suriyaning al-Lataminya shahrida jangarilar obektiga KAB-1500 aviabombasi tashlanishi videosi paydo bo‘ldi. Rolik Directorate 4’ning Telegram-kanalida joylashtirilgan.

Bomba Rossiya harbiy-koinot kuchlari tomondan tashlangan.

KAB-1500 1,5 tonnalik boshqariluvchi bomba bo‘lib, lazer yoki televizion nishonga olish kallaklari bilan jihozlanadi. Raketaning jangovar qismi modifikatsiyasiga ko‘ra, betonni yorib o‘tuvchi, fugas va oddiy fugasli bo‘lishi mumkin. Snaryad 3 metr qalinlikdagi temir-beton konstruksiyani yoki 20 metr tuproqni yorib o‘ta oladi. Bomba Su-24M, Su-34 va Su-35 samolyotlari tomondan tashiladi.

Top