Sport matbuoti xalqaro uyushmasi sayti xabariga ko‘ra, Madridning «Real» jamoasi 2017 yilning eng yaxshi sport klubi deb topildi.

Bu borada, jurnalistlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada, madridliklar 23,5% ovoz to‘plab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 

Ikkinchi o‘rin futbol bo‘yicha Germaniya terma jamoasiga (15,86%) nasib qildi. Milliy basketbol uyushmasining «Golden Steyt Uorriorz» klubi uchinchi o‘rinni egalladi.