21:20 / 31.12.2017
6539

Eron hukumati Instagram’ni bloklab qo‘ydi

Eron hukumati ommaviy namoyishlar fonida  Instagram ijtimoiy tarmog‘ini blokladi. Bu haqda Associated press agentligi xabar tarqatdi.

O‘z nomini ma'lum qilishni istamagan manba ma'lumotiga ko‘ra, bu qaror qabul qilinishi «tinchlik va fuqarolar xavfsizligi» uchundir.

Qayd etilishicha, Instagram’ga egalik qiladigan Facebook bu xabarga hozircha munosabat bildirmadi.

Bundan avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov Eron hukumati namoyishlar fonida Telegram’ni bloklab qo‘yganiga munosabat bildirgandi.

Mavzu
Eronda g‘alayonlar to‘lqini

29 dekabr kuni Eronning turli shaharlarida inflatsiya, rahbariyat va katta xarajatlar talab qilayotgan tashqi siyosatga qarshi namoyishlar to‘lqini boshlandi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top