O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454 sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Yangi yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 5,9 foiz darajasida rejalashtirilmoqda (tugab borayotgan yilda bu ko‘rsatkich — 5,5 foizni tashkil etgan), inflyatsiya esa 12,4–13,4 foiz darajada bo‘lishi kutilmoqda. O‘sish hajmi sanoat ishlab chiqarishda — 6,4 foiz, qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarishda — 4 foiz, kapital sarmoyalarda — 6,5 foiz, chakana savdo aylanmasida — 5,6 foiz miqdorda bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Davlat byudjyetining profitsiti ilk marta YaIMga nisbatan 0,02 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Holbuki, 2017 yil va undan avvalgi yillarda davlat byudjyeti 1 foizlik defitsit bilan tasdiqlanar edi.
2018 yilda O‘zbekiston davlat byudjyetining asosiy parametrlari
DAROMADLAR, mlrd. so‘m (davlat maqsadli fondlari ishtirokisiz) — 62.229,5
Bevosita soliqlar — 12.805,4
- Yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliqlar — 2.510,9
- Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun YaSTdan ajratmalar — 1.907,6
- Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun YaSTdan ajratmalar — 2.110,5
- Jismoniy shaxslarning daromad soliqlari — 5.198,8
- Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha belgilab qo‘yilgan soliq — 1.077,6
Bilvosita soliqlar — 33.404,3
- Qo‘shilgan qiymat solig‘i — 22.019,4
- Aktsiz solig‘i — 8.343,8
- Bojxona boji — 1.415,3
- Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste'moli uchun soliq — 1 323,2
- Abonentlik raqamini ishlatganlik uchun to‘lov — 302,5
Resursga doir to‘lovlar va mulk solig‘i — 9.714,5
- Mol-mulk solig‘i — 2.158,9
- Yer solig‘i — 1.266,6
- Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq — 6.203,1
- Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 85,9

















