KXDR 2018 yil fevralida bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga terma jamoasini yuborishga qaror qildi. Olimpiada musobaqalari Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yangi yil murojaatida Sh.Koreya yetakchisi Kim Chen In bayonot berdi.
"Biz terma jamoamizni yuborish niyatidamiz", - deb qayd etgan u. Kim Chen In, shuningdek Koreya respublikasi bilan munosabatlar yaxshilanishi zarurligini qayd etgan.
KXDR Olimpiadada ishtirok etish uchun ariza topshirish muddatini o‘tkazib yuborgan, ammo texnik jihatdan yanvar oyi o‘rtalarigacha o‘z sportchilarini yuborish imkoniga ega.
















