13:10 / 01.01.2018
10752

«Manchester Siti» yetakchilari jarohat oldi

Foto: Reuters

«Manchester Siti» klubi APL 21-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas»ga (0:0) qarshi o‘yinda ikki yetakchisidan ayrildi.

Yarimhimoyachi Kevin de Bryuyne va hujumchi Gabriel Jyezus o‘yinni yakuniga yetkazolmadi va bosh murabbiy tomonidan almashtirildi.

Xosep Gvardiola xabariga ko‘ra, Gabriel Jyezus 1-2 oyni o‘tkazib yuboradi. De Bryuyne ahvoli qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma'lum bo‘ladi.

«Jyezus 1-2 oy davomida maydonga tushmaydi. De Bryuyne bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan so‘ng xulosa chiqaramiz. 

Yanvardagi transferlar? Oldin Jyezus va De Bryuyne ahvoliga oydinlik kiritishimiz lozim, keyin esa ko‘ramiz» - dedi Gvardiola.

Mavzuga oid
Top