Meksika chempionatining havaskorlar ligasi o‘yinida, futbolchi hakamni urdi, natijada u shifoxonada vafot etdi, deb yozmoqda Daily Mail.
Futbolchi bosh hakam tomonidan maydondan chetlatilgan holatda, g‘azabdan o‘zini tutib turolmagan va uning boshiga musht tushirgan. Hakam hushidan ketib, maydonga yiqilgan.
U zudlik bilan Xalap shahri shifoxonasiga yetkazilgan. Biroq, bir hafta koma holatida yotgach, Xose Kapitiloning 30 dekabr kuni joni uzilgan.
Ayni paytda politsiya fojia sababchisini hibsga olgan.