Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ugandalik meva sotuvchi iqtisod qilish uchun bir kunda 3 ayolga uylandi
Foto © Daily Mail
Ugandalik 50 yoshli meva sotuvchi Muhammad Ssemanda bir kunda uch ayol bilan nikohdan o‘tdi. U o‘zi bilan yashab kelgan 48 yoshli Salmat Naluvudjye hamda 27 va 24 yoshlardagi opa-singillar Jami Nakayza va Mastule Nakayzaga uylangan. Qayd etish kerakki, Ugandada to‘y xarajatlarini tejash uchun birdaniga bir necha ayolga uylanish holatlari avval ham kuzatilgan.
Mahalliy imom ularga nikoh o‘qigan va bunday harakat dinga qarshi emasligini ma'lum qilgan.
«Men Ssemandaga barchamizga bir kunda uylangani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu shuni ko‘rsatadiki, u bizni teng ko‘radi», degan katta xotin Salmat Naluvudjye.
Muhammad Ssemanda bu qarori orqali o‘z zimmasiga qanday katta ish olganini to‘g‘ri tushunmoqda. U endi har bir xotiniga alohida uy qilishi kerak. Muhammad ularning hech biri rashk qilmasligiga ishonch bildirmoqda. Katta xotinidan uning ko‘ngli to‘q, ularning 5 nafar farzandi bor.
«Men endi ularni ta'minlash uchun ko‘proq mehnat qilishim kerak bo‘ladi», degan u.
Ugandada asosiy aholi xristian diniga e'tiqod qiladi. Ammo bu yerda ko‘pxotinlilik taqiqlanmagan. Uganda Konstitutsiyasida davlat dini haqida band yo‘q.
Mavzuga oid
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
20:58 / 14.03.2025
Britaniya sudi BMT sudyasini qullik mehnatidan foydalanishda aybdor deb topdi
18:22 / 28.11.2024
Hakerlar Uganda Markaziy bankidan salkam 17 mln dollar o‘g‘irladi
19:03 / 17.06.2023