21:30 / 01.01.2018
12574

Velopoygachi tryuk bajarish vaqtida halok bo‘lishiga bir baxya qoldi (video)

Foto: Skrinshot

31 yoshli velopoygachi Entoni Napolitan velosipedda tryuk bajarish vaqtida halok bo‘lishiga bir baxya qoldi. Buni uning o‘zi Instagram’da chop etgan videodan ko‘rish mumkin.

Sportchi velosipedda metall panjara ustidan aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan. Biroq tryuk muvaffaqiyatsiz chiqqan va boz ustiga halokat bilan yakunlanishi mumkin edi: sportchi shundoq panjaraning ustunlari orasiga kirib qolgan. Ekstremal baxtli tasodif tufayligina hech qanday jarohat olmagan. 

“To‘g‘risini aytganda, men buni qanday tasvirlashni bilmayman, mening juda omadim chopdi”, deb aytgan sportchi. 

Ushbu rolik ikki kun ichida 260 ming namoyish va 3 mingdan ko‘proq izoh to‘plagan. Ko‘plab foydalanuvchilar sportchini “omadi chopgan” deb atab, kelgusida ham omad uni tark etmasligiga umid qilib qolishgan.

Videoga qoldirilgan izohlarda salbiy fikrlar deyarli bildirilmagan, biroq ko‘pchilik Napolitan bu tryukni yana qaytarib ko‘rishga uringani haqida so‘rashgan.

Mavzuga oid
Top