22:00 / 02.01.2018
13662

«Liverpul» Koutinoni qo‘yib yuborishga tayyor

Foto: Telegraph

Ispaniyalik jurnalist Gilem Balage «Liverpul» yarimhimoyachisi Filippe Koutinoning «Barselona»ga transferi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

«Koutino kelajagi haqida gapiradigan bo‘lsam, «Liverpul» uni sotishga tayyor. Klub barcha takliflarni o‘rganib chiqmoqchi ekanini ma'lum qilgan.

Ayni paytda «Liverpul» oldidagi muhim variantlar: uni hozir sotish, uni hozir sotish yoki uni yozgacha ushlab qolish. Uni iloji boricha ko‘proq ushlab qolish varianti eng chekkaga surildi.

Shunday bo‘lsa-da, «Barselona»dan hech qanday taklif tushmadi... hozircha», – deb yozdi Balage tvitter sahifasida.

Bundan avvalgi xabarlarda «Liverpul» futbolchisini klubda saqlab qolishga harakat qilayotgani aytilgandi. Jumladan jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp braziliyalik futbolchiga sardorlik bog‘ichini taklif etayotgani, «Liverpul» prezidenti Tom Verner esa unga yangi shartnomada maoshini ko‘tarib berishni va'da qilayotgani aytilgan. Ammo Koutino fikrini o‘zgartirmagan va «Barselona»ga o‘tish ahdidan qaytmagan. 

Top