Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul Pxenyan bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyor
Janubiy Koreya KXDR bilan munosabatlarni yaxshilash va Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli qilish bo‘yicha masalasi bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazishga tayyor. Koreya respublikasi prezidenti Mun Chje In hukumat majlisida shunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
"Ushbu muammolar bo‘yicha alohida muzokaralar o‘tkazish borasida hech qanday muammo yo‘q", - degan prezident. Mun Chje Inning ta'kidlashicha, ikki Koreya o‘rtasidagi munosabatlar Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli qilish masalasiga bevosita bog‘liqdir.
Davlat rahbari, shuningdek hukumatga Shimoliy Koreyaning Olimpiya terma jamoasini Pxyonchxandagi 2018 yilgi Olimpiadaga kiritish bo‘yicha Pxenyan rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazish vazifasini topshirgan.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
18:16 / 26.12.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga 10 yillik qamoq jazosi so‘raldi
09:03 / 15.12.2025