Bugungi kunda respublikamizning barcha sohalarida ilg‘or islohotlar, yangiliklar, o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyat rivoji, xalq farovonligiga xizmat qilishi prezident tomonidan bot-bot ta'kidlanmoqda. Bir yil ichida qabul qilingan bir necha o‘nlab qaror, farmon va farmoyishlar jamiyatimizning barcha sohalarini keng qamrab oldi.

Boshqa sohalar qatori ta'lim tizimida ham muhim va zaruriy qarorlar tufayli, bir necha yillardan beri mavjud bo‘lgan muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan islohotlar boshlab yuborildi.

Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 sentabrda maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish haqidagi farmonni imzolagani, to‘qqiz yillik maktab ta'limidan o‘n bir yillik ta'lim tizimiga qaytilishi kabi muhim hujjatlar qabul qilingani, samarali ta'lim tizimini takomillashtirishda va jahon standartlari asosida tashkil qilinishida muhim ahamiyatga ega.

Ma'lumki, ko‘pchiligimiz Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Germaniya, Singapur, Buyuk Britaniya, Finlyandiya kabi rivojlangan davlatlar ta'lim tizimiga havas bilan qaraymiz. Bizning, yangi bosqichga ko‘tarilayotgan ta'lim tizimimizda ham, mazkur davlatlar ta'lim tizimiga namuna sifatida qarash va kerakli uslubiyatlarni qo‘llash boshlandi.

2000 yildan buyon har uch yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti (ing, Organisation for Economic Co-operation and Development, OECD) tomonidan 15 yoshgacha maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan «O‘quvchilarning bilim darajasini baholash dasturi» (ing, Programme for International Student Assessment, PISA) yordamida dunyoning 70ga yaqin davlatidan o‘quvchilar qatnashishadi. Mazkur dastur yordamida o‘tkazilgan oxirgi test natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda Finlyandiya ta'lim tizimi dunyoda yetakchilik qilmoqda. (1-jadval)

2016 yil Test tadqiqotlari natijalari (PISA)

1-jadval
Manba: Programme for International Student Assessment (PISA)