Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi uchun narxni ikki barobarga oshirdi
Foto: Dreamstime
Turkmaniston Afg‘onistonning shimoliy viloyatlariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi uchun narxni 100 foizga oshirdi, deb xabar bermoqda 1TV Afghanistan afg‘on amaldorlariga tayangan holda.
Avval 1 kilovatt $0,02 turgan bo‘lsa, Turkmaniston yangi yildan narxni $0,04 ga ko‘tardi.
Afg‘oniston shimolida joylashgan Hirot viloyati vakillari ham mahalliy aholini import qilinayotgan elektr energiyasi uchun narxni oshirishga qarshi kampaniyada ishtirok etishga chaqirishgan.
Afg‘oniston hukumati yangi shartlarda shartnoma imzolashdan bosh tortdi, shu sababdan Turkmaniston tomoni Hirot, Faryob, Sari-Pul va Juzjonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi, deya ta'kidlaydi nashr.
Afg‘oniston hukumati shimoliy viloyatlarga Erondan yetkazib berilayotgan elektr energiyasining bir qismini vaqtinchalik yuborib turadi.
Mavzuga oid
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
20:29 / 02.03.2026
Erondagi o‘zbekistonliklarga Turkmaniston orqali chiqishga ko‘maklashiladi
21:02 / 01.03.2026
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
21:59 / 28.02.2026