O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi bayonnoma kuchga kirdi
2017 yilning 30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1996 yil 4 sentabrdagi xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur hujjat 2017 yil 6 oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangandi.
Bayonnoma hukumatlararo bitimni qo‘llash ko‘lamini kengaytirish orqali transport kommunikatsiyalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida qabul qilingan.
Hujjatga ko‘ra, tomonlar o‘z davlatlari hududida erkin tranzit rejimini bir-biriga taqdim etadilar va kafolatlaydilar, shuningdek, «Toshkent – Andijon – O‘sh – Ergashtom – Qoshg‘ar» avtomobil yo‘nalishi bo‘ylab tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz sahifasida tanishish mumkin.
Mavzuga oid
09:37 / 24.05.2024
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida xalqaro bayonnoma tasdiqlandi
12:21 / 30.06.2022
Biznes-ombudsman tomonidan davlat organlarining qariyb 700 nafar xodimiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi
12:35 / 22.11.2021
Transport vazirligi inspektorlari avtomobil tashuvi sohasidagi bayonnomalarni planshet orqali rasmiylashtirishni boshlaydi
08:17 / 24.08.2020