Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1031-son qarori bilan «Haj» va «Umra» tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritildi.
Kiritilgan özgartirişlarga köra, Hajga bormoqçi bölgan fuqaro oldin «Haj»ga bormagan bölişi lozim (oldingi talab sönggi 5 yil mobaynida «Haj»ga bormagan bölişi kerak edi). «Umra»ga bormoqçi bölgan fuqaro sönggi ikki yil mobaynida «Umra»ga yoki sönggi 5 yil içida «Haj»ga bormagan bölişi kerak.
Bundan taşqari, mahallalarda Hajga borişga nomzodlarni saralab oliş uçun işçi guruhlar tuziladi.
«Haj» tadbiriga borişga nomzodlarni mahalla fuqarolar yiğini miqyosida saralab oliş uçun fuqarolarning özini özi boşqariş organlarida tuman (şahar) hokimi tomonidan 7 kişidan iborat tarkibdagi işçi guruh tuziladi.
Işçi guruh tarkibiga, qoidaga köra, tuman boş imomi, mahallaga biriktirilgan imom, mahalla raisi, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçi, profilaktika inspektori, Xotin-qizlar qömitasi va Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi vakillari kiritiladi.
«Haj» tadbiriga borişga nomzodlar navbatga qöyilişidan avval maxsus talablar asosida işçi guruh suhbatidan ötkaziladi va saralanadi.
Buning uçun fuqarolar yiğini raisi tomonidan nomzodlarning alohida röyxati şakllantiriladi. Nomzodlarga ular suhbatdan ötkaziş va saralaş uçun röyxatga qöşilgani hamda suhbatdan ötkaziş sanasi va joyi töğrisida fuqarolar yiğini raisi tomonidan xabar beriladi.
Işçi guruh har oyning 5-sanasidan keç bölmagan muddatda şakllangan röyxat asosida «Haj» tadbiriga boradigan ziyoratçi sifatida navbatga qöyiş uçun nomzodlarni suhbatdan ötkazadi va saralaydi.
«Haj» tadbiriga borişga navbatga qöyiladigan nomzodlar quyidagi talablarga javob berişi kerak böladi:
a) nomzod moddiy va jismoniy jihatdan «Haj» tadbiriga qodir bölişi;
b) «Haj» amallarini töğri va töla-tökis ado etiş uçun yetarli diniy bilimga ega bölişi;
v) nomzod ma'naviyati, ma'rifati va odob-axloqi bilan mahallada obro‘-e'tiborga ega bölişi;
g) oilasidagi muhitning soğlomligi va farzandlarining ijobiy tasniflanişi, mahalla fuqarolar yiğinidagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxşilaşda ibrat böla olişi;













