16:30 / 03.01.2018
11237

Facebook 2017 yilning eng yaxshi o‘yinlarini e'lon qildi

Foto: 1979 Revolution: Black Friday

Facebook ijtimoiy tarmog‘i 2017 yilning eng yaxshi o‘yinlari nomini ma'lum qildi. Yakuniy ro‘yxatning asosiy loyihasi ashaddiy geymerlarni hayratlantirdi. 

Amerika ijtimoiy tarmog‘i versiyasiga ko‘ra, 2017 yilning eng yaxshi o‘yini 1979 Revolution: Black Friday bo‘ldi. Bu - iNK Stories studiyasidan kichik kamera loyihasi. Jamoa bundan avval Resident Evil 7: Biohazard'ga ishlagan kinematografik roliklari bilan shug‘ullangan. 

1979 Revolution: Black Friday o‘yini 2016 yilda taqdim etilgan. O‘yin Telltale Games studiyasining interaktiv loyihalari ruhida ishlangan. 

1979 Revolution: Black Friday bilan birga yana to‘rt o‘yin raqobatlashdi: The Eyes of Ara, Beholder, Rise of Balloons, shuningdek Heart’s Medicine.

Eng yaxshi shartli-bepul o‘yin — Star Wars: Commander. Loyiha 2014 yilda taqdim etilgan. Eng yaxshi veb-o‘yin — June’s Journey.

Mavzuga oid
Top