Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Android'ning muqobilini sinovdan o‘tkazishga kirishdi
Foto: ChromeUnboxed
Google korporatsiyasi o‘zining yangi Fuchsia nomli operatsion tizimi sinovlariga rasmiy start berdi. Fuchsia kelgusida Android bilan bir qatorda mobil qurilmalarda qo‘llanishi mumkin. ChromeUnboxed'da shu haqida xabar berildi.
Google xodimlari yangi operatsion tizim ustida bir yilga yaqin ishlashdi. Kompaniya Google'ning Pixelbook deya nom olgan noutbukiga dasturiy ta'minotni yuklash imkonini beruvchi hujjatlarni taqdim etdi.
Aniqlik kiritilishicha, Google yangi operatsion tizim kodini boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan bo‘lishadi.
Bundan avval Google inson ovozini aniq imitatsiya qiluvchi kompyuter dasturini yaratgan edi. U Tacotron 2 deya nomlanib, matnni nutqqa aylantirish uchun xizmat qiladi.
Mavzuga oid
12:08 / 13.01.2026
Alphabet kompaniyasining kapitalizatsiyasi ilk bor 4 trln dollardan oshdi
12:04 / 27.12.2025
Google Rossiyadan o‘z serverlarining bir qismini olib chiqmoqda
12:44 / 16.12.2025
iPhone’dan Android’ga o‘tish endi ancha oson
19:24 / 10.12.2025