Özbekiston Respublikasi prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida avtomobil yöllarida harakatlaniş erkinligini çeklayotgan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning hamda içki va taşqi turizmning rivojiga salbiy ta'sir körsatayotgan muntazam yöl-patrul xizmati maskanlari va blok postlarning faoliyatini tugatiş hamda sonini qisqartiriş ta'kidlangan edi.
Respublikaning ba'zi viloyatlari örtasidagi postlarning joylaşuvi nafaqat fuqarolarga, balki iqtisodiyotga ham salbiy ta'sir qilayotganligi aniq raqamlar bilan körsatib berildi.
Özbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boş boşqarmasidan ma'lum qilinişiça, Içki işlar vazirligining tarkibiy va hududiy bölinmalari mutaxassislaridan iborat guruhlar tomonidan muntazam yöl-patrul xizmati maskanlari va blok postlarining faoliyati örganilib, şu kunga qadar avtomobil yöllarida joylaşgan jami 54 ta bunday postlarning faoliyati tugatildi. Şulardan, 21 tasini muntazam yöl-patrul xizmati maskanlari, 14 tasini blok postlar va 19 tasini tösiq postlari taşkil etgan edi. Qayd etilişiça, qolgan postlarning ham faoliyati tanqidiy qayta körib çiqilmoqda.
Andijon viloyatining Şahrixon tumanidagi tugatilgan tösiq posti
Oldingi holati

Bugungi holati

Qoraqalpoğiston Respublikasining Beruniy tumanidagi tugatilgan muntazam YPX maskani
Oldingi holati

Bugungi holati












