Özbekistonda 2018 yil 1 yanvardan tadbirkorlar foydalanilgan tabiiy gaz uçun tölovlarni yangi tartibdagi tariflarda amalga oşirişadi. Bu haqda «Öztransgaz» AJ saytida ma'lum qilingan.
«Öztransgaz» Aktsiyadorlik jamiyati şuni ma'lum qiladiki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi «Tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib beriş va realizatsiya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 1025-sonli qaroriga muvofiq iste'molçilarning ayrim toifalariga 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab tabiiy gaz uçun oşirilgan tariflar belgilandi», deyilgan xabarda.
Endilikda, pişirilgan ğişt, asfalt, sement işlab çiqaruvçi, gips va ohaktoş qazib olib, qayta işlovçi, beton va temir-beton işlab çiqaruvçi korxonalar, issiqxona va issiqxona-parnik xöjaliklari, çinni va fayansdan buyumlar işlab çiqaruvçi korxonalar, gips-karton, yölakboş va keramika plitalari, brusçatkalar, keramik va sement-qum çerepitsalar, quruq quriliş aralaşmalari, şuningdek, quvur buyumlari işlab çiqaruvçi korxonalar, muayyan xizmatlar körsatuvçi restoranlar, kafelar va boşqa umumiy ovqatlaniş obektlari (mehmonxonalar va ularga tegişli bölgan obektlar bundan mustasno)ga tabiiy gaz tölovi 1 kub.m uçun 1000 söm etib belgilandi.
Ma'lumot uçun, bungaça, 2017 yilning 15 iyulidan e'tiboran iste'molçi taşkilotlar uçun 1 kub.m tabiiy gaz narxi 263,4 söm edi. Şu tariqa, narxlar tabiiy gaz uçun qariyb 4 baravar oşmoqda.
Endilikda, röyxatda sanab ötilgan işlab çiqaruvçilar xarajatlar oşişiga mos ravişda mahsulotlar narxini ham keskin kötarişini kutiş mumkin.
Hozirça aholiga yetkazib beriladigan tabiiy gaz tariflari oşirilgani haqida ma'lum emas. Oxirgi marta, ötgan yilning yozida aholiga beriladigan tabiiy gazning 1 kubometri hisoblagiç bölgan holda 246,1 sömdan 263,4 sömga oşgandi.
Şuningdek, bugundan Özbekistonda elektr uçun tölovlarning yangiça tariflari joriy etilişi kutilmoqda.
















