Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi: Rossiyaning o‘ziga ishonchi kuchaymoqda
Foto: Francois Lenoir/Reuters
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma'lum qilishicha, Rossiyaning o‘ziga ishonchi kuchayib bormoqda. Bu haqda u Deutsche Wirtschafts Nachrichten’ga bergan intervyusida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Biz shuni e'tiborga olishimiz kerakki, o‘z kuchiga ishonchi kuchayib borayotgan Rossiya bilan ish ko‘rmoqdamiz. Shu bilan birga, «sovuq urush» va qurollanish poygasi takrorlanishini xohlamaymiz, balki Moskva bilan siyosiy muloqot tarafdorimiz. Bu esa unchalik ham oddiy narsa emas», - deya ma'lum qildi Stoltenberg.
Shuningdek NATO bosh kotibining umid bildirishicha, Rossiya va alyans o‘zaro munosabatlarni kuchaytiradi hamda harbiy kanallar bo‘yicha aloqalarini faollashtiradi.
Mavzuga oid
13:37
So‘rov: Rossiyada qolgan nemis kompaniyalari bozordan ketishni rejalashtirmayapti
10:56
Xerson oblastining Rossiya tayinlagan «gubernatori» Ukrainani mehmonxonaga zarba berishda aybladi
08:44
Ukraina Xorlidagi mehmonxonaga berilgan zarbaga aloqadorligini rad etdi
22:02 / 01.01.2026