10:00 / 03.01.2018
8320

Nyu-York shtatida 20 avtomobil ishtirokida ommaviy YTH, qurbonlar bor

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shtatida ommaviy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, natijada kamida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ABC News telekanali xabar tarqatgan.

Ta'kidlanishicha, yana bir inson voqea tufayli juda og‘ir jarohat oldi.

Mahalliy ma'muriyat ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi Baffalo shahriga kiraverishda sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, kamida yigirmata avtomobil avariya ishtirokchisiga aylandi.

Mavzuga oid
Top