Jahon | 19:30 / 03.01.2018
14709
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Erondagi norozilik aksiyalari qatnashchilariga «katta yordam» va'da qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Vashington Erondagi norozilik namoyishlari qatnashchilariga «kerakli vaqtda» qo‘llab-quvvatlov taqdim etadi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

Qo‘shma Shtatlar yetakchisining ta'kidlashicha, hukumatga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazayotgan eronliklarga hurmatini izhor etadi.

«Siz kerakli vaqtda Qo‘shma Shtatlardan juda katta qo‘llab-quvvatlovni ko‘rasiz!» - deya yozdi Tramp.

Trampning xabariga javob qaytargan tvitter foydalanuvchilari esa, unga avval amerikaliklarga hurmat ko‘rsatishni taklif qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erondagi shaharlar ko‘chalariga chorshanba kuni bir necha yuzlab odamlar chiqishgani, ular namoyishlar davomida ro‘y bergan zo‘ravonlik holatlariga qarshi aksiya o‘tkazishayotgani xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid

E`lonlar