17:00 / 03.01.2018
18637

JB: Tojikistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi kamayishi kutilmoqda

Foto: 123RF

Tojikiston Milliy bankining xalqaro oltin-valyuta zaxiralari 2017 yil to‘qqiz oyi mobaynida keskin o‘sdi va importga xarajatlarini qoplash uchun 5,6 oyni tashkil etdi. Ammo bu, asosan, bir martalik ta'sirning natijasi bo‘ldi hamda Tojikiston iqtisodiyoti bo‘yicha Jahon banki yangi hisobotiga ko‘ra, iqtisodiy asoslarning barqaror yaxshilanishini bildirmaydi.

«Zaxiralarning keskin o‘sishi asosan qarzlarning to‘planishi bilan bog‘liq bo‘lib, sentabr oyida 500 mln AQSh dollari miqdorida chiqarilgan yevroobligatsiyalarni aks ettirmoqda. Zaxiralar, shuningdek, milliy pullarni chiqarish va xorijiy valyutani sotib olish yo‘li orqali monetar oltinni xarid qilish bilan to‘ldirildi, bunga ma'muriy choralar ham turtki berdi», - deya ta'kidlaydi hisobot mualliflari.

Jahon banki tahlilchilarining fikriga ko‘ra, o‘rta muddatli istiqbolda TMB xalqaro zaxiralari darajasi tobora pasayib boradi, chunki import va Rog‘un GESi qurilishi tiklanadi.

Joriy yilning noyabr oyi boshida TMB birinchi marta Tojikiston Milliy bankining xalqaro oltin-valyuta zaxiralari hajmi 5,6 oylik importni qoplash darajasiga ko‘tarilganini ma'lum qilgandi.

Top