13:50 / 04.01.2018
31765

FVV «Qamchiq» dovoni bo‘yicha ogohlantirish berdi

Foto: FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Qamchiq» dovoni bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi. Bu haqda vazirlik rasmiy veb-saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, qish mavsumida ob-havoning keskin o‘zgarishi sababli, O‘zbekiston Respublikasi FVV iloji boricha tungi paytlarda «Qamchiq» dovoni orqali harakatlanishni cheklashni tavsiya qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Qamchiq» dovonida 44ta mashina qor uyumidan chiqarib olingani xabar berilgandi. 

Top