Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo yomon ob-havo sharoiti tufayli shtatda favqulodda vaziyat tartibi kiritilishini e'lon qildi. Shuningdek, Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroport ham o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
“Men yomon ob-havo sharoiti tufayli Nyu-York, Uestchester va Long-Aylendda favqulodda vaziyat tartibi kiritilishini e'lon qilaman”, deb yozgan Kuomo tvitterda.
“Kuchli shamol va ko‘rish darajasi pastligi sababli parvozlar vaqtinchalik to‘xtatildi”, deb ma'lum qilingan Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda.
Ob-havo mutaxassislarining prognoziga ko‘ra, havo harorati 9 gradus sovuqdan pasayib ketadi.