«Ovsar». Mediamagnat Merdok Trampdan darg‘azab bo‘lgan - OAV

Foto: Reuters
Mediamagnat Rupert Merdok AQSh prezidenti Donald Trampni «ovsar» deb atagan. Bu Qo‘shma Shtatlar yetakchisining immigratsiya siyosati bo‘yicha fikrlari bilan bog‘liq, deb xabar bermoqda The Guardian Merdokning biografi Maykl Volf tomonidan yozilgan hamda Oq uydagi nizolarga bag‘ishlangan kitobga tayangan holda.
Muallif Trampning texnologik kompaniyalar rahbarlari bilan o‘tgan yilgi uchrashuvini tilga olgan. Eng asosiy masalalardan biri xorijlik iste'dodli shaxslarni texnik kompaniyalarga jalb etishda qo‘llaniladigan viza berishni cheklash imkoniyatiga tegishli edi.
Merdok telefon orqali muloqotda Trampdan uchrashuv yakunlari bilan qiziqqan hamda xorijliklar uchun ushbu vizalarni berish tartibi soddalashtirilishi lozimligini aytgan, Tramp esa shunday javob qaytargan: «Biz o‘zimiz hal qilamiz». Mediamagnat go‘shakni qo‘yganidan so‘ng, u Trampni «esi past ovsar» deb atadi, deya yozadi kitob muallifi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Trampning Merdok bilan har haftalik suhbatlari haqida xabar bergandi. Ta'kidlanishicha, davlat rahbari hamda 21st Century Fox va News Corporation mediaholdinglari rahbari o‘rtasida yaqin hamda chuqur munosabatlar o‘rnatilgan.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
O‘zbekiston | 19:08 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 14:35 / 12.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
‘“Raqobat byurokratiya bilan cheklanmasligi kerak” - tagliklar importiga yangi talablar kiritildi
O‘zbekiston | 18:29
-
O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 18:14
-
Shavkat Mirziyoyev Vyacheslav Volodinni qabul qildi
O‘zbekiston | 18:12
-
Tramp Pentagonga Panama kanalini egallash bo‘yicha harbiy reja tayyorlashni buyurdi
Jahon | 18:03
Mavzuga oid

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi

03:48 / 10.08.2020