Rossiya Mudofaa vazirligi «Kommersant'» nashrining 31 dekabr kuni Suriyaning Xmeymim shahridagi aviabazada ruslarning 7ta samolyoti yo‘q qilingani haqida tarqatgan xabarini inkor qildi.

Harbiy muxbir Roman Saponkov Xmeymimdagi Su-24M bombardimonchi samolyoti hujum oqibatida jiddiy shikastlangani ko‘rinib turgan suratlarni namoyish etdi.

Foto: «VKontakte»
Foto: «VKontakte»

U suratlarni «VKontakte»dagi sahifasida e'lon qilgan. Bu suratlarga Suriyadagi jangari guruhlar faoliyatini yoritib boruvchi Directorate 4 Telegram-kanali e'tibor qaratgan.

«Texnika shikastlangan. Bitta Su-24, bitta Su-35S, bitta An-72, bitta An-30 razvedchigi, bitta Mi-8», — deyilgan xabarda. Saponkovning aniqlik kiritishicha, ikkita Su-24 va bitta Su-35S samolyotini safga qaytarishgan.

Foto: «VKontakte»

Yolg‘on fosh bo‘ldi: Rossiya Mudofaa vazirligi AQShni ayblashda kompyuter o‘yinidagi skrinshotlardan foydalangan