Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikada yilning eng yaxshilari aniqlandi
«Liverpul»ning misrlik yarim himoyachisi Muhammad Saloh Afrikaning 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.
Afrikaning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi Gana poytaxti Akkra shahrida o‘tkazilgan.
G‘oliblik uchun ushbu 25 yoshli havbekka o‘z jamoadoshi Sado Mane (Senegal) va Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Pera-Emerik Obameyang (Gabon) raqobat qilgandi. Saloh 625 ovoz, Mane 507 ovoz, Obameyang esa 311 ovoz olgan.
Salohgacha misrlik futbolchilardan Maxmud al-Xatiba ham ushbu mukofotga sazovor bo‘lgandi (1983 yilda).
Afrikada yilning eng yaxshi ayol futbolchisi nigeriyalik Asisat Oshoala (qatorasiga uchinchi marta), eng yaxshi yosh futbolchi 19 yoshli zambiyalik Patson Daka (Avstriyaning «Lifering» klubi futbolchisi), eng yaxshi murabbiy esa Misr terma jamoasini 2018 yilgi jahon chempionatiga olib chiqqan Ektor Kuper bo‘ldi. U va Saloh yetakchiligida 2017 yilgi Afrika Millatlar Kubogi finaliga chiqqan va Kamerunga 1:2 hisobida yutqazib, kumush medallar bilan taqdirlangan Misr terma jamoasi yil terma jamoasi bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:31 / 11.07.2026
Afrikada qit’adagi ilk megaaeroport qurilishi boshlandi
17:30 / 07.07.2026
JCh anonsi. Poygadagi Messi va Shveytsariyaga qarshi Kolumbiya
23:35 / 17.06.2026
“Qora qit’a”ni qutqarmoqchi bo‘lgan Rayan - afrikaliklar uchun quduq qazib bergan 6 yoshli bola
08:35 / 12.06.2026