Jahon | 08:00 / 05.01.2018
7062
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Pokistonga moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi 

Foto: J. Scott/ Applewhite

AQSh Pokistonga xavfsizlik sohasida moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi. Bu haqda AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Xezer Nauert ma'lum qildi.   

“Bugun biz xavfsizlik masalalari bo‘yicha moliyaviy yordamni to‘xtatamiz”, deb aytgan Nauert matbuot anjumanda. 

Uning aytishicha, bu Islomobodning Pokiston ichida va u yerdan turib harakat qiluvchi terrorchilik guruhlariga qarshi kurashdagi yetarlicha jonbozlik ko‘rsatmaganiga javob hisoblanadi. “Pokiston qat'iyroq harakatlar amalga oshirishi lozim”, deb aytgan Nauert.

U AQSh avvalroq Pokistonga harbiy yordam sifatida 255 mln dollar ajratilishini to‘xtatib qo‘yganini eslatib o‘tdi. Shu bilan birga Nauertning aytishicha, AQSh milliy xavfsizligiga javob beruvchi ba'zi holatlarda istisnolar qilinishi mumkin.

Mavzuga oid