20:55 / 05.01.2018
18493

“AQSh, Rossiya va Xitoy Yevropa Ittifoqini mensimaydi” – Germaniya tashqi ishlar vaziri 

Foto: AP Photo / Sait Serkan Gurbuz

Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabrielning aytishicha, AQSh, Rossiya va Xitoy Yevropa Ittifoqini yetarlicha hurmat qilmaydi. U bu haqda Spiegel nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.    

“Moskva, Pekin va Vashingtonda umumiy jihat bor: ular Yevropa Ittifoqini mutlaq qadrlamaydilar. Ular uni mensimaydilar”, deb aytgan Gabriel.

Gabriel Germaniyaning zamonaviy dunyodagi roli haqida to‘xtalib, avval Berlin Fransiya, Buyuk Britaniya va ayniqsa AQShga suyanganini aytdi.  

Gabrielning fikricha, hozirda AQSh dunyo maydonida o‘z mavqeini yo‘qotmoqda, siyosiy “bo‘shliq”ni esa boshqa kuchlar egallamoqda. Uning aytishicha, Suriyada bu kuchlar Rossiya va Eron, savdo siyosatida esa Xitoydir. 

Gabrielning ta'kidlashicha, bu misollar Germaniya o‘z qadriyatlarini ilgari surishda muvaffaqiyatga erishmaganini ko‘rsatadi. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi siyosatda umumiy Yevropa manfaatlarini birgalikda belgilashlari zarur.

“Yirtqichlar yashaydigan dunyoda o‘txo‘r bo‘lish mushkuldir”, deb o‘z fikrlarini intiholagan vazir.

Avvalroq Gabriel Germaniya AQSh bilan avvalgi munosabatlarni qayta ko‘rib chiqib hamda Yevropa Ittifoqining xalqaro maydondagi ahamiyatini oshirib, dunyoda o‘z rolini mustahkamlashi kerakligini aytgan.

 

Mavzuga oid
Top