Apple tan oldi: barcha iPhone va kompyuterlarda kamchilik bor
Apple korporatsiyasi protsessorlardagi sezilarli kamchilik iMac va iPhone’ning barcha modellarida uchrashini tan oldi. Bu haqda kompaniya saytidagi bayonotda aytiladi.
Avvalroq ekspertlar so‘nggi 20 yilda chiqarilgan Intel protsessorlaridagi kamchilik haqida ma'lumot berishdi. Chiplarni loyihalashtirishda yo‘l qo‘yilgan xato jinoyatchilarga yadroning himoyalangan qismiga kirish va u yerda saqlanuvchi loginlar, maxfiy so‘zlar hamda boshqa fayllarni o‘g‘irlash imkonini beradi.
"Mac OS va iOS operatsion tizimlariga ega barcha qurilmalarda shunday kamchilik bor, biroq hozirgi paytda undan foydalanish usullari haqida hech narsa ma'lum emas. Bu kamchilikdan foydalanish uchun qurilmaga zararli dasturiy ta'minot yuklanishi kerak, shuning uchun biz dasturlarni faqat tekshirilgan manbalardan yuklab olishni tavsiya etamiz", - deyiladi kompaniya bayonotida.
Bundan tashqari, Apple foydalanuvchilarni operatsion tizimlarning yangilanishi chiqqanida, ushbu kamchiliklardan keluvchi ehtimoliy tahdidlardan himoya qilishga va'da berdi.
Mavzuga oid
18:04 / 23.11.2024
Apple Siri ovozli yordamchisini ChatGPTning raqobatchisiga aylantirmoqchi
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024