12:10 / 05.01.2018
8436

Yozuvchilar uyushmasining poliklinikasi yangi uskunalar bilan jihozlandi

Foto: Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 3 avgustda o‘tkazgan majlis bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq banki va Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida «Do‘stlar klubi»ni tuzish va rivojlantirish Kontseptsiyasi» hamda «Do‘stlar klubi»ni rivojlantirish bo‘yicha Chora-tadbirlar dasturi» ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasida «Do‘stlar klubi»ning navbatdagi uchrashuvi tashkil qilindi. Tadbirda bank tomonidan uyushma tarkibidagi poliklinikaga ijodkorlar sog‘ligini tiklab borish maqsadida mobil rentgen uskunasi, N-300 M binokulyar mikroskop, koagulometr apparati va suyangichli mebel jihozlari taqdim etildi.

Shu bilan birga, bank tomonidan uyushma ish faoliyatida foydalanish uchun «Lasetti» rusumli xizmat mashinasi taqdim etildi.

Ma'lumot uchun aytish joizki, kelgusida «Do‘stlar klubi» tomonidan turli ijodiy uchrashuvlar va tanlovlar o‘tkazish, uyushma qoshida badiiy tarjima maktabini tashkil etish, qardosh davlatlar o‘rtasida adabiyot kunlarini o‘tkazish, uyushma a'zolari va ijodkorlarni moddiy-ma'naviy qo‘llab-quvvatlash va shu kabi boshqa ishlarni amalga oshirish belgilab olingan.

Mavzuga oid
Top